FCS ACADEMY ACCA kurslari uchun ommaviy oferta

1Ommaviy oferta

1.1Shartnoma va kurs

1.1.1

NEXIA ACADEMY MChJ (STIR 313249948), FCS ACADEMY brendi ostida (“Akademiya”), ACCA imtihonlariga tayyorlov xizmatlarini ko‘rsatadi. Xizmatni buyurtma qiluvchi “Buyurtmachi”, ta’lim oluvchi “O‘quvchi” hisoblanadi.

1.1.2

Kurs dasturi, tili, formati, boshlanish sanasi, jadvali, jami o‘quv soatlari va bir soat davomiyligi, narxi hamda to‘lov tartibi xariddan oldin kurs sahifasida ko‘rsatiladi. Oferta, qaytarish siyosati va tasdiqlangan kurs tafsilotlari shartnoma shartlarini tashkil etadi.

1.1.3

Buyurtmachi to‘lovdan oldin tanlangan kurs tafsilotlarini tekshiradi, Ommaviy oferta va Pulni qaytarish siyosatiga rozilik katagiga belgi qo‘yadi hamda kelishilgan oldindan to‘lovni amalga oshiradi. Ushbu ofertaga muvofiq aksept — mazkur harakatlarning bajarilishi; shartnoma Akademiya to‘lov tasdig‘ini olgan paytda tuziladi. Muvaffaqiyatsiz yoki bekor qilingan to‘lov kursga kirishni faollashtirmaydi.

1.1.4

Kurs ACCA imtihonidan o‘tish, a’zolik yoki ishga joylashishni kafolatlamaydi. ACCA ro‘yxatdan o‘tish, imtihon va a’zolik to‘lovlari, alohida kelishilmasa, kurs narxiga kirmaydi. Onlayn dars uchun qurilma va internetni O‘quvchi ta’minlaydi.

1.2To‘lov va qatnashish

1.2.1

Kurs har bir o‘quv oyi boshlanishidan oldin to‘lanadigan oylik oldindan to‘lov asosida taqdim etiladi. O‘quv oyi kalendar oyiga teng bo‘lishi shart emas; uning boshlanish va tugash sanalari buyurtma tafsilotlarida ko‘rsatiladi. Jami kurs narxi, oylik to‘lov miqdori va to‘lov jadvali xariddan oldin taqdim etiladi. Ushbu tartib avtomatik yangilanadigan oylik obuna emas. Kartadan avtomatik takroriy to‘lov olinmaydi.

1.2.2

Narx so‘mda ko‘rsatiladi. To‘lov bank hisobvarag‘iga yoki saytdagi bank to‘lov shakli orqali amalga oshiriladi. Chegirmalar va mavjud bank komissiyalari oldindan ko‘rsatiladi.

1.2.3

To‘lov tasdiqlangach darslarga qatnashish va yopiq Telegram kanaldagi materiallarga kirish huquqi beriladi. To‘lov muddati buzilsa, yozma yoki elektron xabar bilan kirish to‘xtatiladi. Muddati o‘tgan to‘lov tasdiqlangach, darslar va Telegram kanaliga kirish huquqi qaytadan tiklanadi. Kechikish 10 kalendar kundan oshsa, Akademiya yozma yoki elektron xabar bilan shartnomani bekor qilishi va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisob-kitob qilishi mumkin. Akademiya kirishni cheklab, taqdim etmagan darslar uchun avtomatik haq hisoblamaydi.

1.2.4

O‘quvchi jadvalga rioya qiladi, topshiriqlarni bajaradi va boshqalarga hurmat bilan munosabatda bo‘ladi. Akademiya taqdim etgan darsni shaxsiy sabab bilan qoldirish qayta kurs to’lovini qayta hisoblashga asos bo’lmaydi. Kursni to‘xtatish haqida xabar berilmasa va kelishilgan xizmatlar O‘quvchiga amalda to‘liq taqdim etilib, qatnashish imkoniyati saqlangan bo‘lsa, kelishilgan to‘liq kurs narxi to‘lanadi. Bu qoida taqdim etilmagan xizmatlar uchun haq undirishga yoki majburiy iste’molchi huquqlarini cheklashga asos bo‘lmaydi.

1.3Video va materiallar

1.3.1

Jonli dars videolari va qo‘shimcha materiallar faqat shu guruhda dars davomida o‘qigan O‘quvchilarga yopiq Telegram kanalida qo‘shimcha haq olinmasdan beriladi. O‘quvchi kursni to‘xtatsa, qonuniy tartibda chetlashtirilsa yoki muddati kelgan oldindan to‘lovni amalga oshirmasa, kanal va undagi barcha materiallarga kirish bekor qilinadi.

1.3.2

Kursni yakunlagan va to‘liq haqini to‘lagan O‘quvchi kurs tugaganidan keyin 3 kalendar oy bepul kirish huquqini o’zida saqlab qoladi. Shu muddat tugagach O‘quvchi Telegram kanalidan chetlashtiriladi. Keyingi kirish huquqiga ega bo’lish uchun faqat video va materiallar bo‘yicha alohida haq to‘lanadi. Narx va kirish muddati oldindan kelishiladi; avtomatik to‘lov olinmaydi.

1.3.3

Materiallar faqat shaxsiy o‘qish uchun beriladi. Akademiyaning yozma yoki tasdiqlanadigan elektron ruxsatisiz ularni uchinchi shaxslarga berish, sotish, tarqatish yoki ularga hisob orqali kirish huquqini berish taqiqlanadi.

1.3.4

Ushbu shartni yozma yoki qonunchilikka muvofiq elektron shaklda qabul qilgan shaxsning aybli buzilishi dalillar bilan tasdiqlansa, Akademiya bir kurs uchun bir martalik 10 000 000 (o‘n million) so‘m shartnomaviy jarima talab qilishi mumkin. Asoslantirilgan yozma talab yuboriladi; jarima avtomatik yechilmaydi. Nizolar qonuniy tartibda hal etiladi; sudning jarimani kamaytirish vakolati saqlanadi.

1.4O‘zgarishlar va bekor qilish

1.4.1

Jadval yoki o‘qituvchi o‘zgarsa, Akademiya oldindan xabar berib, dastur hajmi va sifatini saqlaydi. Muhim shartlar jiddiy o‘zgarsa, Buyurtmachi muqobil variantni qabul qilishi yoki bekor qilish va hisob-kitobni talab qilishi mumkin. Bekor qilingan dars ko‘chiriladi yoki narxi qayta hisoblanadi.

1.4.2

Tahdid, haqorat, darsga qasddan takroriy xalaqit berish yoki ruxsatsiz materiallarni tarqatish O’quvchini kursdan chetlashtirishga asos bo‘ladi. Akademiya sababni yozma bildiradi va, zudlik bilan himoya chorasi zarur bo‘lmasa, buzilishni tuzatish imkonini beradi. To‘lovlar avtomatik ushlab qolinmaydi; hisob-kitob va zarar masalasi qonunchilikka muvofiq hal etiladi.

1.4.3

Fors-majorda taraflar tezkor xabar berib, davom ettirishni kelishadi. Holat bir oydan oshsa, bekor qilish va ko‘rsatilmagan xizmatlar hisob-kitobi amalga oshirilishi mumkin.

1.4.4

Murojaatlar 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi. Nizolar muzokara, vakolatli organ yoki sud orqali hal etiladi. Yangi oferta yangi buyurtmalarga tatbiq etiladi; avvalgi buyurtma shartlari taraflar kelishuvisiz o‘zgartirilmaydi.

2Pulni qaytarish siyosati

2.1

Ushbu siyosat ofertaning ajralmas qismidir. Jonli kurs boshlanishidan oldin bekor qilinsa, to‘lov to‘liq qaytariladi. Akademiya kursni bekor qilib, o’quvchi tomonidan muqobil variant qabul qilinmasa, ko‘rsatilmagan xizmatlar haqi qaytariladi. Xato, takroriy va ortiqcha to‘lovlar ham qaytarib beriladi.

2.2

Kurs boshlanganidan keyin to‘xtatish xabari info@nexiauzbekistan.uz yoki +998(90) 335-82-25 raqamiga telefon qilish orqali yuboriladi. Ism-familiya, kurs, aloqa ma’lumoti va to‘lovni aniqlash uchun mavjud ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Akademiya xabarni qayd etadi; yetkazilgan sana hisob-kitobga asos bo‘ladi. Faqat darsga kelmay qo‘yish kursni to’xtatish uchun xabar hisoblanmaydi.

2.3

Ko‘rsatilgan xizmat qiymati = chegirmali umumiy kurs narxi ÷ jami kelishilgan o‘quv soatlari × xabar olingunigacha o‘tilgan va O‘quvchiga qatnashish imkoniyati berilgan soatlar.

2.4

Qaytariladigan summa = to‘langan summa − ko‘rsatilgan xizmat qiymati. Musbat farq qaytariladi; manfiy farq bo‘lsa, ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha qarz ko‘rsatiladi. Xabardan keyingi, Akademiya bekor qilgan yoki taqdim etmagan darslar hisoblanmaydi. Sifatsiz xizmatlar bo‘yicha qonuniy talablar alohida ko‘rib chiqiladi.

2.5

Chegirma bekor qilish sababli ortga qaytarilmaydi. Bepul materiallarga kirish bekor qilinishi uchun alohida haq yoki jarima olinmaydi. Ruxsatsiz tarqatish jarimasi ofertadagi alohida qoida bilan tartibga solinadi. Bank komissiyasi faqat oldindan ko‘rsatilgan va qonuniy asosli hollarda hisobga olinadi; Akademiya aybi bilan bekor qilish xarajati mijozga yuklanmaydi.

2.6

Hisob-kitob va asoslantirilgan javob 5 ish kunida yuboriladi. Qaytarish topshirig‘i murojaat olinganidan boshlab jami 10 ish kuni ichida bankka yuboriladi; qisqaroq majburiy qonuniy muddat ustuvor. Mablag‘ odatda dastlabki to‘lovchining karta yoki hisobvarag‘iga qaytariladi; boshqa usul bank talablari asosida kelishiladi. Akademiya qaytarish tasdig‘ini beradi va bankdagi kechikishni tekshiradi.

2.7

Bank krediti orqali to‘lovda qaytarish bank tartibida bajariladi; kursni bekor qilish kreditni avtomatik bekor qilmaydi. Rad etish yoki ushlanma sababi yozma tushuntiriladi. Buyurtmachi qayta ko‘rib chiqishni, vakolatli organga yoki sudga murojaat qilishni talab qilishi mumkin.

3Maxfiylik siyosati

3.1

Ma’lumotlar va maqsadlar. Ism-familiya, telefon, email, kurs va o‘quv jarayoni ma’lumotlari, to‘lov holati va tranzaksiya ma’lumotlari hamda yozishmalar kursni tashkil etish, shartnomani bajarish, hisob-kitob, qaytarish va xavfsizlik uchun qonuniy asosda qayta ishlanadi. Pasport yoki JSHSHIR faqat tushuntirilgan qonuniy zaruratda olinadi. Rozilikka asoslangan ishlovning maqsadi, ma’lumotlari va muddati oldindan ko‘rsatiladi.

3.2

Rozilik. Reklama, fotosurat va videoni marketingda ishlatish, ism bilan imtihon natijasini e’lon qilish uchun alohida ixtiyoriy rozilik olinadi. Rad etish kursga kirishni cheklamaydi.

3.3

To‘lov va oluvchilar. Karta to‘lovi ОПЕРУ АИКБ «Ипак Йули» tomonidan taqdim etiladigan himoyalangan to‘lov shaklida amalga oshiriladi. Akademiya buyurtma va to‘lov holati, summa hamda tranzaksiyani aniqlash uchun zarur tasdiq ma’lumotlarini oladi. Zarur ma’lumotlarga vakolatli xodimlar va xizmat ko‘rsatuvchilar kiradi; bank va davlat organlariga ma’lumot qonuniy asosda beriladi. Ma’lumotlar marketing uchun sotilmaydi.

3.4

Huquqlar. Foydalanuvchi ma’lumotlari haqida axborot olish, ularni tuzatish, qonuniy hollarda ishlovni to‘xtatish yoki yo‘q qilish, rozilikni qaytarib olish uchun info@nexiauzbekistan.uzga murojaat qilishi mumkin. Shaxs faqat zarur doirada tekshiriladi. Rozilikni qaytarish boshqa qonuniy asosda saqlanishi shart bo‘lgan hujjatlarni darhol o‘chirishni anglatmaydi. Murojaatlar qonuniy muddatlarda ko‘riladi; vakolatli organ yoki sudga shikoyat qilish huquqi saqlanadi. Yangilangan siyosat sanasi bilan e’lon qilinadi; zarur yangi rozilik alohida olinadi.

4Akademiya rekvizitlari

NEXIA ACADEMY MChJ — FCS ACADEMY
STIR: 313249948.
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Niyozbek yo‘li ko‘chasi, 30-uy.
Hisobvaraq: 20208000807527544001. Bank: “IPAK YO‘LI” AITB OPERU. MFO: 00444. ОКЭД 85 590
Telefon: +998 71 205-82-25; +998 90 335-82-25.
Email: info@nexiauzbekistan.uz. Sayt: https://nexiaacademy.uz.