Big4 va Ishga Joylashish Ko'magi
Eng iqtidorli bitiruvchilarimiz Big4 (PwC, EY, Deloitte, KPMG) va yetakchi banklarga to'g'ridan-to'g'ri tavsiya qilinadi.
ACCA xalqaro malakasiga ega bo'lish va Big4 kompaniyalarida yuqori daromadli karyera qurish uchun O'zbekistondagi rasmiy ta'lim markazi.
PwC, EY, Deloitte, KPMG va yetakchi korporatsiyalarga ishga joylashish ko'magi.
Dars konspektlari, sinov testlari va kompyuterlashgan CBE imtihon simulyatsiyasi.
Barcha darslarning HD yozuvlari va amaliy Excel modellariga uzluksiz kirish.
Biz nafaqat imtihondan o'tishni, balki xalqaro moliya bozorida talab yuqori bo'lgan kuchli mutaxassis bo'lishingizni ta'minlaymiz.
Eng iqtidorli bitiruvchilarimiz Big4 (PwC, EY, Deloitte, KPMG) va yetakchi banklarga to'g'ridan-to'g'ri tavsiya qilinadi.
Quruq nazariyadan tashqari real biznes hisobotlari, 1C 8.3 va murakkab 3-Statement moliyaviy modellashtirish o'rgatiladi.
ACCA xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlangan eng yuqori Gold Partner o'qitish sifat standarti.
O'tkazib yuborilgan yoki qayta takrorlash kerak bo'lgan barcha ma'ruzalar shaxsiy kabinetda saqlanadi.
Shahar markazida joylashgan zamonaviy o'quv xonalari, kovorking va tezkor Wi-Fi qulayliklari.
Dolzarb o'quv dasturlari, mualliflik konspektlari va professional kompyuterlashgan imtihon simulyatsiyasi.
O'zingizga mos ta'lim formatini tanlang va jahon darajasidagi moliya mutaxassisiga aylaning.
FCS Academy talabalarining ACCA xalqaro imtihonlaridagi eng yuqori ballari va rasmiy sertifikatlari.
ACCA yo'lingizda qancha ko'p o'qisangiz va do'stlaringizni taklif qilsangiz, shuncha ko'p tejaysiz.
1 000 000 UZS
ACCA imtihonidan 85 dan yuqori ball olgan yoki Top achiever (Prizewinner) bo'lgan talabalarga 1 000 000 so'mlik vaucher beriladi.
200 000 UZS
Har bir olib kelgan do'stingiz uchun 200 000 so'm chegirma oling.
FCS Academy bitiruvchilari o'zlarining o'qish jarayoni va karyeradagi yutuqlari haqida so'zlab berishadi.
FCS academyda F7(Top achiever), F9 kurslarini tamomladim. Hozirda F2 kursi uchun tayyorgarlik ko’ryapman. Natijalarimdan so‘ng akademiyada o‘qituvchi sifatida faoliyat boshladim. Shu bilan birga, hozirda Nexia Uzbekistanda ish faoliyatimni olib boryapman. FCS menga nafaqat bilim, balki xalqaro muhitda rivojlanish va professional faoliyatimni boshlash imkoniyatini berdi. ACCA ning qolgan paperlarini ham FCS academyda davom ettirishni rejalashtirganman.
‘’Uzbekistan Future CFO” competitionida universitet nomidan qatnashib KPMG ga yozgi internship offer yutib oldim. Competitionda F1, F2, F3, F7 and F8 paperlari bo’yicha savollar berildi. Hozirda internship traininglar bo’lib o’tmoqda va asosan ACCA dan o`rgangan bilimlarim katta yordam bermoqda. Qisqa qilib ayttganda hammaga ACCA o’qishi maslahat beraman va mani F7 ustozim Ulug’bek Eshboyevga alohida raxmat bergan bilimlari uchun.
Man o'tgan yili FCS academyda F7 kursiga tayyorlanib imtihondan muvaffaqiyatli oʻtdim. Bizning oʻqituvchimiz Ulugʻbek Eshboyev edilar. Dars jarayonlari yaxshi va manga yoqqan jihati Uluğbek aka doim savollarga ochiq edilar. Barcha mavzularni chuqur tushuntirib imtihonga tayyorladilar. Hozir BDO Uzbekistan da Advisory da ishlayman va ACCA dan olgan bilimlarim ish jarayonida katta yordam bermoqda.
FCS Academyda F7 fanini o‘rganish EY kompaniyasidagi amaliyotimga tayyorgarlik ko‘rishimda muhim rol o‘ynadi. Bu yerda olgan bilim va ko‘nikmalarim xalqaro muhitda ishlash uchun mustahkam poydevor yaratdi. Endi “Audit and assurance” bo’limida xalqaro buxgalteriya bo’yicha olgan bilimlarimni amaliyotda qo‘llab, professional faoliyatimni rivojlantirishni intiqlik bilan kutyapman.
FCS Academyda ACCA bo'yicha ilk darsimni eslayman-debet, kredit va o'sha paytda mavhum tuyulgan Conceptual Framework. F3 Financial accountingni (85 ball) bilan yakunlashim shu yo'lning to'g'ri ekanini isbotladi. Hozir F7 natijalarini kutyapman, lekin asosiysi nazariyadan amaliyotga o'tdim. Nexia Uzbekistanda intern sifatida IFRS hisobotlari ustida ishlayapman: milliy standartlarni IFRSga moslashtirish va raqamlar ortidagi haqiqiy hikoyani ko'rish. FCS Academy menga mustahkam poydevor berganligi uchun minnatdorman.
Ishga kirish uchun suhbatda men bilan ACCAning F7 va F8 kursida o’rgangan bilimlarim asosida suhbat bo'lgan, ayniqsa bank uchun eng muhim hisoblangan IFRS 9 standarti bo'yicha bilimlarim juda qo'l kelgan. Hozirgi ishim to'liq xalqaro buxgalteriya(IFRS) bo'yicha hisobot tayyorlashdan iborat. FCS Academyda F7 va F8 kurslarida o'rgangan barcha bilimlarim amaliyotda menga katta yordam bermoqda. Hozir Financial management(F9) kursini ham FCS ACADEMYda davom ettiryapman. Sizlarga ham shu yerda o’qishlaringizni maslahat beraman.
FCS Academy sifatli darslari, o‘qituvchilarning mavzularni tushunarli va amaliy misollar orqali yoritishi hamda qulay narxlari menga juda yoqqan. Shu kungacha F3, F7 va F9 fanlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirib, imtihonlardan yaxshi natijalar olishimda FCS Academy katta hissa qo‘shdi. Kurs davomida olgan bilimlarim nafaqat imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tishimga, balki moliya sohasida “O’zbekiston temir yo’llari” AJ ga ishga joylashishimda ham muhim ustunlik bo‘ldi. Shu sababli ACCAning qolgan fanlarini ham aynan FCS Academyda davom ettirishni rejalashtirganman. Sifatli ta'lim va qo‘llab-quvvatlash uchun jamoaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Mutaxassislarimiz bilan bog'laning — maqsadlaringizga mos ACCA kurslari va o'quv rejasini birga tanlaymiz.
Mutaxassisimiz siz bilan tez orada bog'lanadi
Arizangiz muvaffaqiyatli qabul qilindi! Menejerimiz tez orada siz bilan bog'lanadi.